Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Istanbuldagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Istanbuldagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali Istanbulda ayrim xorijiy davlatlar nomi ostidagi o‘zbek bolalariga mo‘ljallangan maktablar reklamasi tarqalayotganiga e’tibor qaratdi.

«Bu maktablarda horijiy tillar, robototexnika, diniy bilimlar, informatika va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari o‘rgatilishi e’lon qilinmoqda.

Ushbu o‘quv yurtlaridagi diniy darslar Ahli sunna aqidasi asosida ekanligi ta’kidlanishiga qaramay, ayrim o‘qituvchilardagi mo‘’tadil islomga zid e’tiqodiy qarashlarning ta’lim oluvchilarga singdirilishi kelgusida jamiyatimizda aqidaviy ziddiyatlarni yuzaga keltirishi mumkin», – deyiladi Bosh konsulxona munosabatida.

O‘z navbatida, diplomatik vakolatxona ota-onalardan voyaga yetmagan farzandlarini turli maktablarda mutaassib qarashlar singdirilishidan ehtiyot qilishlarini so‘rayapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring