Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Istanbul «yangi Singapur»ga aylanmoqchi

Istanbul «yangi Singapur»ga aylanmoqchi

Foto: «MK-Turkey»

Qora dengiz va Marmar dengizlarini tutashtiruvchi «Istanbul» dengiz kanalining qurilishi Turkiyaning eng yirik shahrini xuddi Singapur va Rotterdam singari jahondagi eng yirik logistika xablaridan biriga aylantiradi.

Bu haqda Turkiya transport vaziri Odil Qoraismoilo‘g‘liga asoslanib «Yeni Safak» gazetasi xabar berdi.

«Dunyoda ikkita asosiy port bor: Singapur va Rotterdam. Nega Istanbul o‘rtada munosib o‘rin egallamasligi kerak? Bizdayam reja bor. Kelgusida Bosfor va «Istanbul» kanali orqali jahon savdosi hajmi ancha oshadi», — dedi transport vaziri.

Istanbulda temir yo‘l, avtomobil va aviatsiya transportlari tarmoqlari yaxshi rivojlangan. Yangi dengiz kanalining qurilishi va yuqoridagi barcha transport turlarining uyg‘unlashuvi Istanbulni «jahon markazi»ga aylantiradi, dedi Qoraismoilo‘g‘li.

Ma’lumot uchun: «Istanbul» kanali Turkiyaning Yevropa qismida qurilmoqda, buning natijasida Istanbul shahrining bir qismi orolga aylanadi. Kanal qurilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim 2021 yilning iyun oyida o‘tkazilgani haqida xabar bergandik.

«Istanbul» kanali

Rejaga ko‘ra, kanalning chuqurligi — 21 metr, eni — kamida 275 metr, uzunligi — 45 kilometr bo‘ladi. Yangi kanaldan suv sig‘imi 320 ming tonnagacha bo‘lgan VLCC sinfiga mansub tankerlar suzib o‘ta oladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring