«Istanbul xavf ostida — Qahramonmarash shunchaki repetitsiya bo‘lishi mumkin»
Ekspertlar mamlakatning eng yirik shahri — Istanbulda Turkiya janubi-sharqidagi zilziladan-da halokatli yer qimirlashi yuz berishi ehtimolidan xavotirlanishmoqda. Bu haqda Hürriyet gazetasi yozdi.
Istanbul Anatoliya va Yevroosiyo plitalari tutashuvida, Marmar dengizi ostidan o‘tuvchi Shimoliy-Anatoliya yorig‘idan 15-20 km janubda joylashgan. Bu yerda zilzila yuz bersa misli ko‘rilmagan halokatga olib kelishi mumkin, deyishmoqda seysmologlar.
«Boshqacha aytganda, Qahramonmarashdagi zilzila — Istanbuldagi zilzila oldidan shunchaki repetitsiya bo‘lishi mumkin», — deyiladi gazetadagi maqolada.
Istanbulda 1 million 164 mingta bino, har birida o‘rtacha 3,3 kishidan yashovchi 4,5 millionta xonadon bor. Agarda magnitudasi 7,5 va undan yuqori zilzila yuz berguday bo‘lsa, 13 492 ta bino vayron bo‘lishi, 39 325 ta binoga kuchli ziyon yetishi mumkin.
Istanbuldagi binolarning 70 foizi 2000-yilgacha qurilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter