Issiq ob-havo Buyuk Britaniyani ham «yondiradi»
Buyuk Britaniyada kuzatuvlar tarixida birinchi marta +40 darajalik issiqlik kutilmasi to‘g‘risida prognoz xabar berildi.
Buyuk Britaniya milliy ob-havo byurosi MetOffice 18-19 iyul kunlari mazkur orolning ko‘plab qismida +40 darajalik issiqlik kutilayotganini e’lon qildi.
Zamonaviy meteorologiyada qisqa muddatli kunlar uchun harorat prognozini o‘zini oqlash darajasi ±1 ℃ ga teng ekani inobatga olinsa, orolda shu ikki kunlikda yuqori ehtimol, rekord issiqlik ko‘rsatgichi yangilanadi.
Bundan oldin Buyuk Britaniyada eng issiq harorat 2019 yil 25 iyulda ro‘yxatga olingan bo‘lib, o‘shanda Kembrij botanika bog‘ida harorat +38,7 darajaga yetgan.
Janubdan kirib kelgan mazkur issiq to‘lqin orolni kechasi ham «yondiradi».
Eslatib o‘tamiz, Ispaniyada kuzatilayotgan dahshatli jazirama qurbonlari soni keskin oshib bormoqda.
Anomal issiq bizning mamlakatimizga ham kirib kelmoqda. Turkmanistonda «qizil darajali» xavf e’lon qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter