Isroilning yirik hujumida yuzlab livanliklar o‘lgani aytilmoqda
Livan Isroilning yirik hujumida 180 dan ortiq odam o‘lganini xabar qilmoqda.
Dushanba kuni Isroilning Livandagi «Hizbulloh» marralariga uyushtirgan havo hujumlarida 180 dan ortiq odam halok bo‘ldi, yana 700 dan ortiq kishi jarohat oldi, deya xabar beradi mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Avvalroq Livan aholisining telefonlariga Isroildan ularni evakuatsiya qilishga chaqiruvchi yozib olingan audio xabarlar kela boshlagan, deya xabar beradi Livan davlat matbuoti.
Bu G‘azoda deyarli bir yil davom etayotgan to‘qnashuvda Isroilning «Hizbulloh» jangari guruhiga qarshi eng keng tarqalgan havo hujumlari fonida sodir bo‘ldi.
Bayrutda bo‘lgan BBC nashri muxbiri Orla Gerinning xabar berishicha, evakuatsiya haqida ogohlantiruvchi xabarlardan so‘ng poytaxt ko‘chalarida tirbandliklar yuzaga kelgan.
Gerinning so‘zlariga ko‘ra, Bayrut aholisiga shaharning bir qancha hududlari, jumladan, Hamra tumanini evakuatsiya qilish haqida ogohlantirilgan. Hududda Axborot vazirligi, banklar va universitetlar joylashgan «Hizbulloh»ning tayanch nuqtasi emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter