Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroillik deputat kurakda turmaydigan taklif bilan chiqdi

Isroillik deputat kurakda turmaydigan taklif bilan chiqdi

Isroil Knessetining konservativ «Likud» siyosiy partiyasidan bo‘lgan vakili Nassim Vaturi Isroil mudofaa kuchlarini «G‘azo sektorini yoqib yuborishga» chaqirdi. Bu haqda Times of Israel gazetasi deputatga asoslanib xabar berdi.

«Haagadagi tinglovlar oldidan «Likud»chi Knesset deputati «G‘azo sektorini yoqib yuborish» chaqirig‘ini kuchaytirmoqda», — deyiladi nashr xabarida.

Shu bilan birga, deputatning iddao qilishicha, Isroil armiyasi G‘azoning shimoliy qismidan begunoh fuqarolarni evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘lgan.

7-oktyabrdan keyin boshlangan Isroil zarbalari oqibatida 23 ming kishi o‘lgani aytiladi. 

Eslatib o‘tamiz, JAR Tashqi ishlar vazirligi 2023-yil 29-dekabrda Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlari yuzasidan Xalqaro sudga murojaat qilgan. Ertaga, 11-yanvar kuni Haaga shahrida joylashgan Xalqaro jinoiy sudda Isroilga qarshi genotsid bo‘yicha da’vo ko‘rila boshlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring