Isroil o‘ldirilgan HAMAS yetakchilari sonini ma’lum qildi
![Isroil o‘ldirilgan HAMAS yetakchilari sonini ma’lum qildi](https://static.xabaruz.com/crop/5/3/720_460_95_534019942.jpg)
Isroil harbiylarining G‘azo sektorida quruqlikdan uyushtirgan hujumi chog‘ida HAMAS harakatining kamida 12 qo‘mondoni o‘ldirilgan. Bu haqda Ynet portali Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallantga tayanib xabar berdi.
Portalning yozishicha, Isroil Mudofaa vazirligi rahbari bu haqda mamlakat jamoatchiligiga murojaatida ma’lum qilgan.
Bungacha Isroil mudofaa kuchlari (IDF) vakillari G‘azo shimolidagi HAMASning yer osti tunnellariga yetib borganini ma’lum qilgan edi.
Avvalroq, Isroil HAMASning to‘rt yetakchisini o‘ldirganini iddao qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter