Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil havo kuchlari Suriya hududiga zarba berdi - Jerusalem Post

Isroil havo kuchlari Suriya hududiga zarba berdi - Jerusalem Post

Isroil armiyasi Suriyaning sobiq diktatori Bashar al-Assad rejimiga tegishli zavodga hujum qildi.

Jerusalem Post gazetasining yozishicha, fuqarolar urushi yillarida Asad qo‘shinlari aholiga qarshi bir necha bor zaharli gaz ishlatgan. Rejim Isroil bilan dushmanlik kayfiyatida edi va uni Eron va Livanning Hizbulloh harakati qo‘llab-quvvatlab kelgan. Biroq, agar kimyoviy qurollar to‘satdan Asad muxoliflari, jumladan, islomiy guruhlarning qo‘liga tushib qolsa, bu Isroil manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydi.

OAVning tasdiqlanmagan xabarlariga ko‘ra, Isroil tanklari Suriyaning Golan tepaliklaridagi bufer zonasiga kirgan. Isroil telekanallaridan biri bu xavfsizlik chorasi ekanini xabar qilgan.

Shuningdek, Isroilning Kan davlat telekanali o‘z manbasiga tayanib, Isroil harbiy-havo kuchlari Suriya janubi va Damashqdagi qurol-yarog‘ omborlari Asad rejimi muxoliflari qo‘liga tushib qolishidan xavotirlanib, ularga hujum qilganini xabar qildi.

Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin Netanyahu Suriyada Asad hokimiyatining qulashini Isroilning Hizbulloh harakati va Eronga hujumlarining «to‘g‘ridan-to‘g‘ri natijasi» deb atagan edi.

Shuningdek, u Suriyada sodir bo‘lgan voqealar Isroil uchun «yangi, juda muhim» imkoniyatlarni ochib berishini ta’kidlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring