Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil harbiylari 16 yoshli falastinlikni otib tashlashdi

Isroil harbiylari 16 yoshli falastinlikni otib tashlashdi

Isroil harbiylari Iordan daryosining bosib olingan g‘arbiy sohilida reyd chog‘ida falastinlik o‘smirni otib tashlashdi.

Falastinning rasmiy axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, reyd Ramallah shahri g‘arbidagi Kefr Nime qishlog‘ida bo‘lib o‘tgan, xavfsizlik kuchlari 16 yoshli Muhammad Murod al-Dikning boshini nishonga olishgan.

Reydlar Iordan daryosining g‘arbiy sohilidagi Qalqilya va El-Halil shaharlarida ham bo‘lib o‘tdi. Oltinchi kun ketma-ket reydlar o‘tkazilayotgan Azun qishlog‘ida harbiylar bir falastinlikni qo‘lga oldi va uylarga bostirib kirib, mulklarga zarar yetkazishdi.

Qalkiliyada Isroil xavfsizlik kuchlari Isroil qamoqxonasidan ozod qilingan falastinlik uyiga bosqin uyushtirdi. Harbiylar va falastinliklar o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi, bir kishi hibsga olindi.

2023 yil 7 oktyabrda G‘azo sektoriga ommaviy hujumlar boshlanganidan beri Isroil bosib olingan hududlarda falastinliklarga nisbatan bosim va ta’qiblar kuchaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring