Isroil Eronga qarshi yirik hujumga tayyorlanmoqda
Tel-Aviv hukumati 1 oktyabr kuni amalga oshirilgan raketa zarbasiga javoban Eronga qarshi yirik hujum uyushtirishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, tayyorgarliklar Eronning takroriy javobiga qarab mudofaa tizimlarini kuchaytirishni ham o‘z ichiga olgani qayd etilgan.
Isroil Vazirlar Mahkamasining bugungi yig‘ilishida Bosh vazir Benyamin Netanyahu va Mudofaa vaziri Yoav Gallantga hujum qachon va qanday sodir bo‘lishini hal qilish vakolati berilishi kutilmoqda.
Eron 1 oktabr kuni Isroilga raketa hujumi uyushtirdi va Tel-Aviv rasmiylari hujumga javob berishlarini aytgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter