Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ispaniyada samolyot halokatida uch kishi nobud bo‘ldi

Ispaniyada samolyot halokatida uch kishi nobud bo‘ldi

Foto: Sputnik

Ispaniyaning Kataloniya avtonom viloyatiga qarashli tumanda aviahalokat natijasida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Kataloniya fuqaro mudofaasi boshqarmasi ma’lumotlariga asoslanib, «Sputnik» xabar bermoqda.

Uncha katta bo‘lmagan samolyot Portugaliyaning Kaykaysh shahridan Reus aeroportiga uchayotgan bo‘lgan. Halokat natijasida bortdagi uch kishi halok bo‘lgan.

Qurbonlar qaysi millatdan ekanligi hali ma’lum emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring