Ispaniyada koronavirusga chalinganlar soni yarim milliondan oshdi

Yevropa ittifoqi mamlakatlari orasida Ispaniya koronavirusga chalinganlar soni yarim milliondan oshgan birinchi mamlakat bo‘ldi. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumot berishicha, kovidni yuqtirish holatlari Ispaniyada jami 525 549 taga yetdi. Bu haqda «El Pais» yozmoqda.
Pandemiya davrida Ispaniyada koronavirusga chalingan 29 516 nafar bemor vafot etgan.
Sog‘liqni saqlash vaziri Salvador Ilianing ta’kidlashicha, Oksford tibbiyot universiteti tayyorlayotgan vaksinalar klinik sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda Ispaniya ulardan 3 mln. dozasini xarid qilmoqchi.
O‘tgan hafta davomida Ispaniyada kuniga o‘rtacha 3-4 ming nafardan kovid-bemor ro‘yxatga olindi. Bu 18—28-avgust oralig‘idagidan kam. O‘shanda kuniga 7 ming nafardan yangi bemor qayd etilayotgan va Ispaniyada kasallikning kunlik qayd etilishi so‘nggi to‘rt oydagi eng yuqori cho‘qqisiga chiqqandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter