Ispaniya qachon odatiy hayot tarziga qaytadi?

Mariya Xesus Montero.
Ispaniya hukumati koronavirus sababli joriy etilgan karantin choralarini 26-apreldan yumshatishni va mamlakatni oldingidek hayot tarziga qaytarishni boshlaydi. «El Pais» yozishicha, bu haqda bugun, 8-aprel kuni Ispaniya moliya vaziri Mariya Xesus Montero ma’lum qildi.
Uning aytishicha, favqulodda vaziyatning uzaytirilgan muddati tugaydigan 26-apreldan, fuqarolar o‘z odatiy hayot tarzlariga qayta boshlashlari uchun, boshqa «progressiv choralar»ni qabul qilishga kirishiladi.
Vazirning aytishicha, cheklovlar, ekspertlarning xulosalariga tayanilib, koronavirus qayta ko‘payib ketishining oldini olish uchun, sekin-asta kamaytirib boriladi.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniyada kecha koronavirusdan 757 kishi vafot etdi. To‘rt kun ketma-ket pasayishdan so‘ng, qurbonlar soni ikki kundan beri ko‘paymoqda. Koronavirus qurbonlari umumiy soni 14555 nafarga yetdi. Sog‘ayib ketganlar — 48 ming nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter