Germaniyalik hokim islom rasmiy din sifatida tan olinishini istamoqda
Germaniyaning aholi eng zich yashaydigan federal hududi Shimoliy Reyn-Vestfaliya hokimi Armin Lashet mamlakatda islomning rasmiy din sifatida tan olinishini istaydi. Bu haqda «Haber7» xabar bermoqda.
«Mamlakatda yahudiy va xristianlar qanday huquqlarga ega bo‘lsa, musulmonlar ham shunday huquqlarga ega bo‘lishi kerak», – degan Armin Lashet.
Shimoliy Reyn-Vestfaliya hokimi hamda Germaniya kansleri Angela Merkel boshchiligidagi Xristian-demokratlar ittifoqi (CDU) partiyasi vakili bo‘lgan Armin Lashet «Protestan» axborot agentligiga bergan intervyusida: «Kansler bu borada bizga ko‘mak bersa, xursand bo‘lamiz», — degan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter