Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Islom davlati» va «al-Qoida» birlashadimi?

«Islom davlati» va «al-Qoida» birlashadimi?

Foto:«Monster Children»

Terrorchi guruhlar – «Islom davlati» va «al-Qoida» birlashishi mumkinligi haqida Shanxay hamkorlik tashkilotining mintaqaviy antiterror tuzilmasi ijroiya kengashi direktori Yevgeniy Sisoyev Krasnoyarskda tashkil etilgan terrorizmga qarshi kurashish forumida ma’lum qildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«Islom davlati» va «al-Qoida» terrorchi guruhlari bir nechta mamlakatdagi faol bo‘lmagan nuqtalari faoliyatini yagona tarmoq orqali birlashtirishga urinishi juda xavflidir», – degan Yevgeniy Sisoyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda Afg‘onistondagi jangarilarning aksariyati avval Yaqin Sharq mamlakatlaridagi janglarda qatnashgan. Ular o‘z faoliyatini yana davom ettirishga shay.

Bugun «Islom davlati» terrorchi guruhi jangarilarni tayyorlab, Yevropa, Markaziy va Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari va Rossiyaga yubormoqda.

Sisoyev ta’kidlaganidek, guruhlar tez-tez taktikalarini o‘zgartirib, qurol-yarog‘, transportlaridan foydalangan holda yirik shaharlarga tasodifiy hujumlar uyushtirishadi.

Terrorchi guruhlar o‘z tarafdorlari uchun onlayn mashg‘ulotlar olib boradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2017-yili dunyo bo‘yicha terrorchilar uyushtirgan hujumlar oqibatida 33 mingdan ziyod kishi halok bo‘lgan. 2014-yildan beri esa 152 ming kishi jabr ko‘rgan. Har yili 1600 dan ortiq terror xuruji tashkil etiladi.

Suriyadagi terror markazlari muvaffaqiyatli bosib olingach, tirik qolgan jangarilar boshqa davlatlarga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lishayapti. Bu ishlarni chet ellardagi terrorchi to‘dalar rahbarlari boshqarmoqda.

Shu yil 30-may kuni «Antiterror – zamonaviy xavfsizlik tizimi» mavzusidagi butunrossiya ixtisoslashtirilgan forumi Krasnoyarks shahrida o‘z ishini boshladi. Bu tadbir 1-iyungacha davom etadi.

Forum doirasida zamonaviy xavfsizlik tizimiga doir ko‘rgazma o‘tkazilayapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring