Islandiyada 22 soat ro‘za tutishmoqda
«Sabah» xabar berishicha, Ramazon oyida eng uzoq vaqt islandiyalik musulmonlar ro‘za tutishyapti: 22 soatga yaqin.
Ramazon oyining birinchi kuni ming nafarga yaqin musulmon yashayotgan Reykyavik shahrida 19 soatu 11 daqiqa ro‘za tutilgan bo‘lsa, bugun bu yerda yashayotgan musulmonlarning og‘izlari 22 soatga yaqin vaqt mobaynida berk bo‘ladi.
Shimoliy qutbga yaqin bo‘lgani tufayli ayni kunlarda Reykyavik shahrida kun uzayib boryapti: quyosh 23:00 da botib, 4:00 da chiqayotir.
Shvetsiya va Norvegiyada ham ro‘za uzoq vaqt tutilmoqda. Shvetsiya shimolidagi Kiruna shahrida yashovchi musulmonlar bu yil ramazon oyida 20-22 soat ro‘za tutishadi.
Norvegiyaning Tromsyo shahrida esa ramazonning oxirgi kuni musulmonlar 21 soatu 59 daqiqa ro‘zador bo‘lishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter