Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Islandiya BMTda AQShning o‘rnini egalladi

Islandiya BMTda AQShning o‘rnini egalladi

Foto: «aa.com.tr»

AQSh BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashidan ajrab chiqqanidan keyin unga Islandiya a’zo bo‘ldi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.

AQShning o‘rnini to‘ldirish uchun BMT Bosh Assableyasida o‘tkazilgan ovoz berish yakunlariga ko‘ra, yangi a’zo sifatida Islandiya davlati qabul qilindi.

Islandiya Bosh Assambleyada BMTning 172 a’zosining qo‘llab-quvvatlashi tufayli Inson huquqlari bo‘yicha kengashga qabul qilindi.

Ma’lumot uchun, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi 2006 yili tashkil etilgan. Kengashga a’zolik uch yil davom etadi.

47 ta a’zosi mavjud bo‘lgan BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi har yili uch marta majlis chaqiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring