Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IShIDga aloqador yirik tarmoq yo‘q qilindi

IShIDga aloqador yirik tarmoq yo‘q qilindi

Ispaniya va Kanada politsiyasi IShIDga aloqador terrorchilik tarmog‘ini yo‘q qildi, deb xabar bermoqda Reuters.

Qayd etilishicha, aksilterror operatsiyasining kulminatsion nuqtasi Torontoda IShIDga yangi safdoshlarni jalb qilish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda tashviqot ishlari bilan shug‘ullangan 34 yoshli erkakning qo‘lga olinishi bo‘lgan.

Avvalroq AQShda kontrabandachi, IShIDga yollanishda ayblangan Mirsad Kandich umrbod qamoq jazosiga hukm qilingandi.

Kandich 2022-yil may oyida IShIDga moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ayblanib sudlangan – tergovga ko‘ra, Kandich 2013-yilning yanvaridan 2017-yilning iyuniga qadar soxta hujjatlar yaratgan, qurol-yarog‘ bilan bilan shug‘ullangan va terrorchilar bo‘linmalari shaxsiy tarkibini tashkil qilgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring