Iroqdagi bozorda kuchli portlash yuz berdi: qurbonlar ko‘p
Bog‘doddagi bozorda sodir bo‘lgan portlashda besh kishi halok bo‘ldi, jarohatlanganlar soni 15 kishiga yetdi. Bu haqda xavfsizlik organlaridagi manbasiga tayanib Shafaq agentligi xabar berdi.
Avvalroq, Iroq xavfsizlik kuchlaridagi manbaning «RIA Novosti»ga ma’lum qilishicha, Bag‘dodning Madinat al-Sadr tumanidagi bozorda sodir bo‘lgan portlash natijasida 7 kishi jarohat olgan. Iroqning Al-Sumaria telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, 11 kishi yaralangan.
Manbaga ko‘ra, «bozordagi portlash qurbonlari soni besh kishiga yetdi, ular orasida bir bola ham bor, 15 kishi shikastlangan».
Ba’zi ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Iroqdagi bozorda portlash qurbonlari soni 18 kishiga yetgan, 30 kishi jarohat olgani aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter