Iroq Iordaniyadan Saddam Husaynning haykalini talab qildi
Iroq hukumati Iordaniyadan mamlakat sobiq prezidenti Saddam Husaynning haykalini qaytarishni talab qildi, deya xabar beradi «Sabah.com.tr» sayti.
2003 yili prezidentlikdan ketgan va 2006 yili o‘lim jazosiga mahkum qilingan Saddamning haykali Iordaniyaga kelib qolgan edi.
Bronzadan yasalgan haykalni 2003 yili AQShlik kishi o‘g‘rilagan va bojxonadan o‘tayotganda qo‘lga tushgan. Bojxonada musodara qilingan buyumni uch oy ichida sotish mumkinligiga qaramay, Iordaniya haykalni sotishni istamagan.
Bag‘dodning bu talabini Ammon inobatga oladimi yoki yo‘qmi – bunisi noma’lum.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter