Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Irlandiya aholisining katta qismi abortni qonuniylashtirish uchun ovoz berdi

Irlandiya aholisining katta qismi abortni qonuniylashtirish uchun ovoz berdi

Foto: «Irish Times»

Kecha, 25-may kuni Irlandiyada abortni qonuniylashtirish masalasida referendum bo‘lib o‘tdi. Natijalar bugun e’lon qilinadi.

«Irish Times» gazetasining xabar berishicha, ekzit pollga ko‘ra  aholining 68 foizi abortni qonuniylashtirish uchun ovoz bergan bo‘lsa, 32 foizi qarshi chiqqan. Yoshlarning 87 foizi qonuniylashtirish uchun ovoz bergan.

Irlandiya Yevropaning abortga ruxsat berilmaydigan konservativ davlatlaridan biri sanaladi. 1983 yilda o‘tkazilgan referendumga ko‘ra mamlakatda abort qilish taqiqlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring