Iosif Stalin garov evaziga ozodlikka chiqarildi
Seylon (Shri-Lanka)da namoyishlar tashkil etgani uchun hibsga olingan o‘qituvchilar kasaba uyushmasining bosh kotibi Iosif Stalin garov evaziga ozodlikka chiqarildi. Bu haqda Newsfirst portali xabar berdi.
Huquq himoyachisi Iosif Stalin sud qaroriga zid ravishda shu yilning may oyidagi namoyishda qatnashgani uchun 3-avgust kuni qo‘lga olingandi.
Iosif Stalin — Shri-Lankadagi o‘qituvchilar va o‘quvchilar huquqini himoya qiluvchi taniqli shaxs, qolaversa, ta’lim sohasini isloh qilish tarafdorlaridan biri.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter