Interpolning g‘oyib bo‘lgan rahbari iste’foga chiqdi
Xalqaro politsiya tashkiloti (INTERPOL) mutasaddilari Xitoyga borib g‘oyib bo‘lgan va keyinroq o‘sha yerda qo‘lga olingani aniqlangan Interpol rahbari Men Xunveyning iste’foga chiqqanini ma’lum qildi. Bu haqda «Sabah.com» xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Men Xunvey Xitoyda korrupsiyaga aloqadorlikda gumon qilinib, hibsga olingan.
Shundan so‘ng Xunvey Interpol bosh kotibiyatiga iste’foga chiqishi haqida ma’lum qilgan.
«Yakshanba kuni Liondagi (Fransiya) Interpol bosh kotibiyati Men Xunveyning Interpol prezidenti lavozimidan ketish haqidagi arizasini qabul qildi, ariza darhol kuchga kirdi»,- deyiladi tashkilot saytida.
Nizomga ko‘ra, Interpol rahbarligi Janubiy Koreya vakili, katta vitse-prezident Kim Chen Yanga topshiriladi.
Shu yilning 18-21 noyabr kunlari Dubayda bo‘lib o‘tadigan Bosh assambleyaning 87-sessiyasida uning qolgan ikki yillik muddati uchun yangi prezident saylanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter