Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Internet orqali uzatilgan yoki samolyotdagi inauguratsiya: AQSh prezidentlari qasamyodi tarixidan

Internet orqali uzatilgan yoki samolyotdagi inauguratsiya: AQSh prezidentlari qasamyodi tarixidan

Foto:RIA «Novosti»

Prezidentning inauguratsiyasi AQShda muhim voqea hisoblanadi. Mamlakat aholisi hukumat o‘zgarishini kuzatib, 200 yildan beri poytaxtning Milliy xiyoboniga tashrif buyurishadi.  20-yanvar kuni AQShning 46-prezidenti Jo Bayden millionlab tomoshabinlar oldida o‘z lavozimiga kirishdi. Quyida sizga inauguratsiyalarga oid qiziq ma’lumotlarni taqdim etamiz. 

- AQSh Prezidentining birinchi inauguratsiya marosimi 1789-yil 30-aprelda bo‘lib o‘tgan.  Bu Jorj Vashingtonning inauguratsiyasi edi.

- 1857-yilda prezident Jeyms Bushananning inauguratsiyasida birinchi marta inauguratsiya suratga olingan.

- Paradda qatnashish uchun afroamerikaliklarni birinchi bo‘lib prezident Avraam Linkoln taklif qilgan.  Bu voqea 1865-yilda sodir bo‘lgan.

- Tomas Jefferson inauguratsiyaga piyoda borgan va uni piyoda tark etgan yagona AQSh prezidenti edi.  Shuningdek, u birinchilardan bo‘lib Kapitoliyda qasamyod qabul qilgan.

- Eng qisqa inauguratsiya nutqi Prezident Jorj Vashington tomonidan qilingan - u 135 so‘zdan, eng uzun inauguratsiya egasi - Uilyam Xarrison, 8445 so‘zdan iborat edi.

 - 1917-yilda prezident Vudro Vilsonning ikkinchi inauguratsiyasida lik bor ayollar qatnashgan. 

 - 1949-yilda prezident Garri Trumenning inauguratsiya marosimi ilk bor TVda namoyish etilgan.

- Lindon Jonson ayol sudya tomonidan qasamyod qabul qilgan birinchi va hozirgacha yagona Amerika prezidenti sifatida tarixda qolgan.

- 1789-yil 30-aprelda bo‘lib o‘tgan Prezident Jorj Vashingtonning birinchi inauguratsiyasidan tashqari, 1937-yilgacha bo‘lgan barcha prezidentlar yomon ob-havodan qochish uchun mart oyida qasamyod qilganlar.  1933-yildan boshlab inauguratsiya sanasi konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlar bilan 20-yanvarda o‘tkazilishi belgilangan.  20-yanvar kuni qasamyodni birinchi bo‘lib Franklin Delano Ruzvelt qabul qilgan.

 - AQShning yangi saylangan barcha prezidentlari Vashingtonda qasamyod qabul qilgan.  Istisnolar atigi 6 marta sodir bo‘lgan.  Shunday qilib, Jorj Vashington 1789- yilda Nyu-Yorkda, 1793-yilda Filadelfiyada, Jon Adams 1797-yilda Filadelfiyada, Chester Alan Artur 1881-yilda Nyu-Yorkda, Teodor Ruzvelt 1901-yilda Buffaloda, Kalvin Kulidj 1923-yilda Plimutda va Lindon Beyn Jonson 1963-yilda Dallasda qasamyod qilgan. 

- Lindon Jonson inauguratsiyasi samolyot bortida bo‘lib o‘tgan birinchi prezident sanaladi. Bu voqea 1963-yilda sodir bo‘lgan, Jon Kennedining o‘limidan so‘ng mamlakatni Lindon boshqarishiga to‘g‘ri kelgan.

 - 1977-yilda prezident Jimmi Karterning inauguratsiyasi birinchi marta maxsus ehtiyojlari bo‘lgan odamlar uchun isitiladigan stendlar va o‘rindiqlar bilan jihozlangan;

- Butun Amerika tarixida o‘z lavozimlarini tark etgan to‘rtgina prezident o‘z vorislarining inauguratsiyasida qatnashmagan.  Demak, Jon Adams Tomas JefFersonning, Jon Kvinsi Adams Endryu Jeksonning, Endryu Jonson Uliss Grantning inauguratsiyasida va Richard Nikson Jerald Fordning inauguratsiyasida ishtirok etishmagan. Xususan Donald Tramp Jo Baydenning inauguratsiyasida qatnashmadi.

- Eng ko‘p kishi Barak Obamaning qasamyodida qatnashgan. (1 million 800 ming ishtirokchi)

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring