Insoniyatning yarmi xavf ostida — BMT bosh kotibi
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning ogohlantirishicha, insoniyatning qariyb teng yarmi iqlim o‘zgarishlari oqibatidagi tahdidlar bilan to‘qnashmoqda.
Guterrish Avstriyada o‘tayotgan iqlim o‘zgarishlariga bag‘ishlangan jahon sammiti ishtirokchilariga murojaat qildi.
Imkon qadar iqlim inqirozi xunuk oqibatlarining oldini olish kerak. Sayyoramiz 1,3 darajaga isigan. Iqlim isishi bundan ham yuqorilamasligi uchun 2030-yilgacha zaharli gazlar chiqarilishini 45 foizgacha kamaytirish, asr o‘rtalariga qadar esa butunlay barham berish kerak, dedi bosh kotib.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilda energetika sohasida CO2 chiqindilari 6 foizga oshdi. Shu sur’at saqlanib tursa, o‘n yillik oxiriga borib bunday chiqindilar miqdori 14 foizgacha yetishi mumkin.
«Aksariyat mamlakatlar hukumatlari masalani paysalga solish bilan ovora, harakatsizlik esa ayanchli oqibatlarga olib keladi. Iqlim o‘zgarishlari yaqqol sezilyapti, yarim insoniyat — xavfli zonada», — dedi Antoniu Guterrish
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter