Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Insoniyat uchun eng katta xavf nima?

Insoniyat uchun eng katta xavf nima?

Foto: «Focus»

Dunyoning 26 mamlakatida tadqiqot o‘tkazgan «Pew Research Center» tahlilchilari zamondoshlarimizni eng ko‘p o‘ylantirayotgan, tashvishga solayotgan tahdidlarni aniqlashdi. «Birinchi raqamli» tahdid bu — global iqlim o‘zgarishlari.

Buni shundan ham bilish qiyinmaski, so‘rovnoma o‘tkazilgan davlatlarning teng yarmi — 13 tasida yashovchilar iqlim o‘zgarishlarini insoniyatning eng katta muammosi deb hisoblashmoqda. Masalan, Germaniya, Kanada kabi mamlakatlarda yashovchilar.

Insoniyat uchun ikkinchi eng yirik tahdid — terrorizm. Ayniqsa, Fransiya va Italiya kabi mamlakatlar aholisi terrorchilik xurujlaridan ko‘proq xavotirda.

Xitoyliklarni ko‘proq kiberhujumlar, KXDRning yadroviy dasturi va jahon iqtisodiyoti ahvoli tashvishga soladi. Shuningdek, AQSh va Yaponiya aholisi uchun ham asosiy fobiya — kiberhujumlar, faqat ular o‘zlarining xakerlaridan emas, xorijdagilaridan qo‘rqishadi.

Polshaliklar Rossiyaning hukmronligi va ta’siriga tushib qolishdan ko‘proq xavotirlanishsa, so‘rovnomada qatnashgan nemislarning qariyb yarmi AQShni Germaniya uchun eng katta xavf deb bilishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring