Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Inson tanasida kuniga 330 milliard hujayra yangilanadi

Inson tanasida kuniga 330 milliard hujayra yangilanadi

Inson tanasi ulkan salohiyatga ega ajoyib va hali ham yaxshi o‘rganilmagan jonli mashinadir.

Isroilning Veysman ilmiy instituti olimlari Ron Sender va Ron Milo inson tanasi imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumot olishga hissa qo‘shdilar, ular o‘rtacha inson tanasi har kuni 330 milliard hujayraning almashishini hisoblab chiqdilar.

Demak, ushbu jumlani o‘qiyotganingizda tanangizda 3,8 million yangi hujayralar paydo bo‘ladi. Unga atigi 1 soniya kerak bo‘ldi.

Olimlar hisob-kitoblari asosi sifatida 20-30 yoshli, 170 sm uzunlikdagi va 70 kg og‘irlikdagi odamning tanasini olishgan.

Ma’lum bo‘lishicha, inson tanasi kuniga 80 gramm hujayra massasidan xalos bo‘lib, uni butunlay yangilaydi. Eng muhimi, qon hujayralari, eritrotsitlar va neytrofillar (qizil va oq qon hujayralari) yangilanishi bo‘lib, ular yangi hujayralar umumiy sonining 86 foizini tashkil qiladi, ammo umumiy massaning atigi 48,6 foizi qismini band etadi.

Oshqozon-ichak sohasining epiteliya hujayralari umumiy sonning 12 foizini tashkil qiladi, ammo og‘irligi bo‘yicha 41 foiz.

Teri hujayralari ham og‘ir bo‘lib, ular umumiy hajmining 1,1foiz va vaznning 4 foiz ni tashkil qiladi. Yana 4 foiz yangilanuvchi hujayralar qismini yog‘ to‘qimalari tashkil qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring