Infeksiya yuqtirish xavfi mavjud ekan qirolicha Londonga qaytmaydi
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Londondagi Bukingem saroyi o‘rniga Berkshir grafligidagi Vindzor qasrini o‘zining bosh qarorgohiga aylantirishni rejalashtirmoqda. Bunga koronavirus pandemiyasi sabab bo‘lgan: 94 yoshli qirolicha kasallikni yuqtirib olmaslik uchun hech bo‘lmaganda o‘z-o‘zini izolyasiya qilish tartibiga qisman bo‘lsa-da amal qilishi zarur. Bu haqda «Daily Mail» xabar bergan.
Yelizaveta II odatda oktyabrda Shotlandiyadagi Balmoral qasrida yozgi ta’tilni o‘tkazib kelgandan so‘ng saroyga qaytardi. Biroq endi, manbalarga ko‘ra, u yangi boshpana — Vindzorni tanlagan. Qirolicha u yerda avval ham turmush o‘rtog‘i Edinburg gersogi Filipp bilan izolyasiyada bo‘lgan. Bu holda 68 yillik hukmronligi davrida Yelizaveta II ning Bukingem saroyida bo‘lmagan eng uzoq vaqt sifatida tarixda qoladigan bo‘ldi.
Koronavirusni yuqtirish xavfi mavjud ekan qirolicha Londonga qaytmaydi. Karantin boshlangandan buyon qirollik oilasida ishlayotgan xodimlar, mutaxassislarning aytishicha, uning uchun eng xavfsiz kishilar va infeksiyaga qarshi kurashish uchun eng yaxshi chora hisoblanadi.
Shuningdek, Yelizaveta II ni barcha ijtimoiy tadbirlardan himoya qilishmoqchi. Faqat ziyofatlar uchun baribir yechim topishdi: qirolicha ularda videoaloqa yordamida «ishtirok etadi». Biroq qirollar biografi Endryu Morton qirolicha endi hech qachon omma oldida paydo bo‘lmasligidan, faqat televizor orqali ko‘rinish berishidan xavotirlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter