Indoneziyada COVID-19 bemorlariga robot oziq-ovqat yetkazib bermoqda
Indoneziyada robot koronavirus bilan kasallangan va do‘konga bora olmaydigan odamlarga ovqat yetkazib bermoqda. U nafaqat ovqat olib keladi, balki «salomat bo‘ling, tuzalib keting»,— so‘zlarini aytadi.
G‘ayrioddiy yetkazib beruvchini Indoneziya universitetining o‘qituvchilari yig‘ishgan. Ular o‘z ixtirosini hozirda mamlakat bo‘ylab keng tarqalgan koronavirusning yangi shtammi nomi bilan «delta» deb atashgan.
Robot eski uy anjomlaridan yasalgan. Guruch pishirgichdan boshi sifatida, qo‘llar va tanani yasashda eski qozonlardan foydalanilgan.
Robot oziq-ovqat yetkazib berishdan tashqari, dezinfeksiyalovchi vositani qanday purkashni ham biladi.
Indoneziyada deyarli yarim million odam koronavirus bilan kasallangan. O‘tgan bir kun ichida u yerda kasallik yuqtirganlar soni 30 mingdan oshgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter