Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilon Maskning o‘zi ham noqonuniy migrant — The Washington Post

Ilon Maskning o‘zi ham noqonuniy migrant — The Washington Post

Foto: Grzegorz Wajda/Global Look Press

So‘nggi paytlarda noqonuniy muhojirlar masalasini faol ko‘tarayotgan va «chegaralarni yopish»ga chaqirayotgan milliarder Ilon Maskning o‘zi AQShdagi tadbirkorlik faoliyatini noqonuniy boshlagan. Bu haqda The Washington Post gazetasi Ilon Maskning biznesdagi sobiq sheriklariga asoslanib xabar berdi.

«Janubiy Afrika Respublikasi fuqarosi Ilon Mask AQShda noqonuniy ishlagan», — deyiladi maqolada.

Nashr yozishicha, Mask Stenford universitetida o‘qish uchun 1995-yilda Palo-Altoga kelgan, biroq universitetga kirish o‘rniga startap — Zip2 kompaniyasiga asos solgan. Tadbirkor AQSh hududida faoliyat yuritishi qonunga zid edi, chunki u universitetda tahsil olmayotgandi.

Mask tahririyatning bu boradagi murojaatini javobsiz qoldirgan.

Ilon Mask sentyabrdagi bayonotida AQShda narxlarning osmonga ko‘tarilib ketishiga boshqarib bo‘lmas migrantlar oqimi sababchi degandi.

Shu o‘rinda qiziq ma’lumot: AQSh prezidentlari orasida migrantlarga eng toqatsizligi bilan nom chiqargan Donald Tramp juda eski amerikaliklardan emas. Bobosi (otasining otasi) Frederik Tramp Germaniyadan AQShga 1885-yilda ko‘chib kelib, 1892-yilda fuqarolikni olgan. Onasi Meri Enn Tramp (Maklaud) esa asli shotlandiyalik bo‘lib, Donald tug‘ilishidan atigi to‘rt yil avval — 1942-yilda AQSh fuqaroligini qo‘lga kiritgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring