Ilk xalqaro metro loyihasi ishlab chiqildi
Skandinaviya o‘lkalari – Daniya va Shvetsiya ikki mamlakatni bir-biriga bog‘laydigan metro loyihasini ishlab chiqdi. Bu haqda «Euronews» xabar bermoqda.
Daniya poytaxti Kopengagen va Shvetsiyaning janubiy sohilidagi port shahar Malmoni bir-biriga tutashtiruvchi yerosti metrosi qurilishi rejalashtirilayapti. Metro 20 kilometr masofadagi bo‘g‘oz liniyasida barpo etiladi.
Bu loyiha amalga oshsa, ikki davlatning transport qatnoviga sezilarli darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Har 1,5 daqiqada qo‘zg‘aladigan poyezdlar ikki davlat o‘rtasidagi 20 kilometrli masofani 23 daqiqada bosib o‘tadi.
2035 yilda foydalanishga topshiriladigan loyiha ko‘plab kishilarning bandligini ta’minlash imkonini beradi.
To‘rt milliard yevro qiymatiga ega loyiha uchun Daniya va Shvetsiya o‘rtasida hay’at tuzildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter