Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilhom Aliyev BMT Xavfsizlik kengashi tarkibini kengaytirishni taklif qildi

Ilhom Aliyev BMT Xavfsizlik kengashi tarkibini kengaytirishni taklif qildi

BMT hamda uning huzuridagi Xavfsizlik kengashi jiddiy ravishda isloh etilishi zarur. Bu haqda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bugun, 5 iyul kuni Boku shahrida bo‘lib o‘tgan Qo‘shilmaslik harakati muvofiqlashtiruvchi byurosining vazirlar uchrashuvida gapirgan.

«Ayni paytda xalqaro tashkilotlar, xususan, BMT insoniyat umidlarini oqlamayotir. BMT jiddiy islohotlarga muhtoj.  BMT Xavfsizlik kengashi ham eski zamon merosi o‘laroq bugungi voqelikni aks ettirmayapti. Biz yanada to‘laqonli vakillikni ifodalash va jug‘rofiy adolat nuqtai nazaridan Xavfsizlik kengashi tarkibining kengayishi tarafdorimiz. Men bu borada dunyoda mushtarak qarash shakllanayotganidan xursandman», – deydi Ozarbayjon rahbari.

I.Aliyevga ko‘ra, BMT Xavfsizlik kengashida Qo‘shilmaslik harakati doimiy o‘ringa ega bo‘lmog‘i lozim.

Bu masalada Boku va Toshkent yakdil pozitsiyada ekanini ta’kidlash joiz. Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham joriy yil 2 mart kuni Bokuda o‘tkazilgan Qo‘shilmaslik harakati sammitidagi nutqida kelgusida Xavfsizlik kengashida Qo‘shilmaslik harakati a’zolarining doimiy o‘rni bo‘lishi kerakligini urg‘ulagan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring