Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki yarim yevrolik chipta britaniyalikni millionerga aylantirdi

Ikki yarim yevrolik chipta britaniyalikni millionerga aylantirdi

Foto: EPA/UPG

«EuroMillions» lotereya chiptasini sotib olgan Buyuk Britaniya fuqarosi 123 million funt sterling (156 million AQSh dollaridan ziyod) yutib oldi. Bu haqda «Mirror» gazetasi xabar berdi.

Lotereya xodimining bildirishicha, g‘olib beshta asosiy (27, 46, 42, 25, 39) va ikkita qo‘shimcha (11, 12) raqamni to‘g‘ri topgan.

«EuroMillions» lotereyalari ilk marotaba 2004-yil fevralida Fransiya, Ispaniya va Buyuk  Britaniyada o‘ynalgan. Щsha yilning oktyabridan Lyuksemburg, Belgiya, Shveysariya, Portugaliya, Irlandiya va Avstriya ham o‘yinga qo‘shilgan.

G‘oliblarga faqat Shveysariyada soliq solinadi. Bitta chipta bahosi — 2,5 yevro. Lotereyada qariyb 200 million inson muntazam qatnashib keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring