Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«IKEA» javoncha tagida halok bo‘lgan bolakayning oilasiga $46 mln to‘laydi

«IKEA» javoncha tagida halok bo‘lgan bolakayning oilasiga $46 mln to‘laydi

Foto: «Unn.com.ua»

«IKEA» savdo-ishlab chiqarish tarmog‘i AQShda ikki yoshli bolakayning oilasiga $46 mln to‘lab berish majburiyatini oldi. U ishlab chiqargan javoncha — komod go‘dakning umriga zomin bo‘lgan, deya xabar berdi «Associated Press» agentligi.

«REGNUM»ning yozishicha, kaliforniyalik ikki yoshli Jozef Dudek 2017-yili «IKEA» ishlab chiqargan komod ustiga qulashi oqibatida hayotdan ko‘z yumgan. Bolakay og‘irligi 32 kilo keladigan «Malm» seriyali komodning ustiga chiqishga urinadi va fojiali ravishda halok bo‘ladi. Hodisadan bir yil oldin AQSh iste’mol mahsulotlari xavfsizligi komissiyasi ushbu seriyadagi komod tufayli to‘rtta bolalar o‘limi haqidagi xabarni keng ommaga tarqatgandi.

«IKEA» bu komodlarni savdodan qaytarib olgan. Lekin Jozefning ota-onasi ushbu mebel haqidagi munozaralardan bexabar qolgan ko‘rinadi. Ular kompaniyani sudga berishdi. Biroq «IKEA» oilaga $46 mln to‘lash majburiyatini olib, ishni sudgacha olib bormadi. 2016-yili Shvetsiya kompaniyasi «Malm» seriyasidagi mebellar bilan bog‘liq baxtsiz hodisa tufayli bolalar o‘limiga sabab bo‘lgan uchta vaziyatda $50 mln to‘lab bergandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring