Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ien» to‘foni Floridaning 2 milliondan ortiq aholisini elektr energiyasisiz qoldirdi

«Ien» to‘foni Floridaning 2 milliondan ortiq aholisini elektr energiyasisiz qoldirdi

Joriy yil 23-sentyabrda Atlantika okeanining Karib dengizi hududlarida shakllangan «Ien» to‘foni avval Kubada ko‘plab talafotlarni keltirib chiqarib, so‘ng kecha, 28-sentyabr kuni AQShning Florida shtatini to‘liq qamrab oldi.

To‘fon Floridaga yaqinlashishda 5 darajali xavfli to‘fon turiga aylangan. Hozirda to‘fon markaziy yadrosiga yaqin joylarda shamol tezligi 250 km/s ga yetgani aytilmoqda. U shtatdagi 2 milliondan ortiq odamni elektr energiyasisiz qoldirdi.

Sinoptiklarning ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda dovul markazi Neapol shahridan (Florida shtati) 100 kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lib, u shimoli-sharqiy yo‘nalishda harakatlanmoqda.

Shtatda bo‘ronli ob-havo tufayli favqulodda holat e’lon qilindi.

«Chorshanba kuni tushdan so‘ng bo‘ron asta-sekin 1-toifa darajasiga tushdi – shamol tezligi soatiga 90 mil. Ammo shtatda kuchli yomg‘ir davom etdi va bo‘ron ko‘tarilishi haqidagi ogohlantirishlar o‘z kuchini saqlab qoldi.

Milliy dovullar markazi Florida yarim orolida hayot uchun xavfli bo‘ron ko‘tarilishi, halokatli shamollar va suv toshqini haqida ogohlantirdi. Hududning millionlab aholisi evakuatsiya haqida buyruq olgan», – deb yozmoqda NBCnews. 

Shuningdek, rasmiylar ham mahalliy aholini zudlik bilan evakuatsiya qilishga chaqirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring