Hukumatni shakllantira olmagan Iroq yangi bosh vaziri iste’foga chiqdi va kechirim so‘radi
![Hukumatni shakllantira olmagan Iroq yangi bosh vaziri iste’foga chiqdi va kechirim so‘radi](https://static.xabaruz.com/crop/1/9/720_460_95_1937363750.jpeg)
Iroqning yangi bosh vaziri Muhammad Tavfiq Alyouiy iste’foga chiqmoqda — bu haqda uning o‘zi tvitterda xabar qoldirdi.
Alyouiy ikkinchi urinishda ham hukumatning yangi tarkibini shakllantira olmadi, parlamentda muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
U prezident Barham Solihga yozgan xatida iste’foga chiqarishlarini so‘radi. Yangi vazirlar kengashini shakllantira olmagani, davlat rahbari va Iroq xalqi ishonchini oqlay olmagani uchun kechirim so‘radi.
Eslatib o‘tamiz, Alyouiyning bosh vazirligi bir oygina davom etdi (1-fevral kuni tayinlangan edi). Ungacha bosh vazir bo‘lib ishlagan Abdul Mahdiy mamlakatda keng ko‘lamli va davomli norozilik namoyishlaridan so‘ng 2019-yilning 29-noyabrida iste’foga chiqqandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter