Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

 «Hizbulloh» Isroil harbiy bazalariga 200 tadan ortiq raketa uchirdi

 «Hizbulloh» Isroil harbiy bazalariga 200 tadan ortiq raketa uchirdi

Livandagi «Hizbulloh»  harakati  o‘z qo‘mondonlaridan birining o‘limiga sabab bo‘lgan zarbaga javoban Isroildagi bir qancha harbiy bazalarga 200 dan ortiq raketa va uchuvchisiz uchoqlarini yo‘lladi.

Euronews nashrining ta’kidicha, «Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan «Hizbulloh» guruhi tomonidan sodir etilgan hujum» Livan-Isroil chegarasida bir necha oy davom etgan mojaroning eng yiriklaridan biri bo‘lgan.

«Hizbulloh» rasmiylari SAXAL bazalariga 200 ta raketa va portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan ko‘plab dronlarni otganini tasdiqlagan.

Isroil shimolidagi bir qancha hududlarda havo hujumidan sirenalar ishga tushgan. Jabrlanganlar borligi aytilyapti.

«Guruh hujumni Isroilning 3-iyul kuni o‘z yetakchilaridan biri halok bo‘lgan havo hujumiga javob deb atadi», – deb yozadi Euronews.

Isroil harbiylari ham qo‘shni davlat hududidan hujum uyushtirilganini tasdiqlagan.

Bir nechta raketalar va uchuvchisiz samolyotlar Isroilning havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi tomonidan tutib olingan. Hujumga javoban SAXAL ham Livan janubidagi «Hizbulloh» nishonlariga zarba bergan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring