Hindistondan Toshkentga uchgan samolyot Afg‘oniston tog‘lariga qulab tushdi
Hindistonning Gaya shahridan Toshkent orqali Moskvaga uchayotgan samolyot Afg‘onistonning Badaxshon provinsiyasi tog‘lariga qulab tushgani aytilmoqda.
RIA nashrining yozishicha, samolyot bir muddat oldin radarlardan g‘oyib bo‘lgan. Hozirda aviahalokat joyini o‘rganish uchun guruh yo‘lga tushgan.
«Rosaviatsiya»ning bildirishicha, Afg‘oniston tog‘larida yo‘qolib qolgan Falcon samolyoti yo‘lovchi tashuvchi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bortda jami 6 nafar – 4 nafar ekipaj va 2 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.
Samolyot Gaya (Hindiston) – Toshkent (yoqilg‘i uchun) - Jukovskiy (Moskva) yo‘nalishida uchayotgan bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter