Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistondagi noma’lum kasallik sababi topilmayapti — olimlar

Hindistondagi noma’lum kasallik sababi topilmayapti — olimlar

Foto:«Daily Storm»

So‘nggi bir yarim oy ichida Hindistonning turli hududlarida 700 dan ortiq odam noma’lum kasallik bilan og‘rigan. Olimlar oldin bu kabi kasallikka duch kelishmagani va hozirda kasallik sabablari haqida xulosa yo‘qligini aytishgan. 

Manbalarda aytilishicha, kasallika chalingan odamlar odatdagidek yashashda davom etadilar, biroz vaqt o‘tgan esa hushdan ketib yiqiladi va tirishish, qaltirash holati kuzatiladi. Bir yarim oy davomida ushbu kasallik oqibatida o‘lim holatlari ham kuzatilgan.

So‘nggi haftada 29 kishi noma’lum kasallik bilan og‘rigani kuzatilgan, ulardan biri vafot etgan, qolganlarning hammasi darhol Denduluru hududida joylashgan Birlamchi tibbiy yordam markaziga yetkazilgan. Bemorlarning bir qismi yashash joyiga qarab boshqa kasalxonalarga yuborilgan.

JSST, shuningdek rasmiylar, noma’lum kasallikning sabablarini aniqlash uchun nafaqat qon, balki suv va mahalliy oziq-ovqat mahsulotlaridan ko‘plab namunalarni to‘pladilar. Ayni paytda, natijalar noma’lum va mutasaddilar bu haqda mutaxassislar birozdan keyin o‘z xulosalarini bildirishlarini aytib o‘tganlar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring