Hindistonda sher odamni g‘ajib tashladi
Hindistonning Gujarat shtatida istiqomat qiluvchi odam sherning o‘ljasiga aylandi. U tong saharlab o‘rmonga borgandi, deya xabar berdi «The Hindu» nashri.
Jurnalistlarning ma’lum qilishicha, hodisa 23-dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 6:00 da sodir bo‘lgan. Jira qishlog‘idan 55 yoshli Kadubxai Bxilad ismli kishi o‘rmonga borganda unga arslon tashlanib qoladi.
Erkak voqea joyida hayotdan ko‘z yumadi. Uning murdasini tekshiruv o‘tkazish uchun shifoxonaga olib borishadi.
Ta’kidlash joizki, Bxilad uyi yaqinida joylashgan Gir o‘rmoni Osiyo arsloni yashaydigan yagona joy sanaladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter