Hindiston Xitoydan o‘tib ketdi
14 aprel kuni Hindiston «Xitoyning uzoq hukmronligi»ga chek qo‘yib, dunyodagi aholi soni eng ko‘p mamlakatga aylandi, deb xabar berdi Market Watch BMTning aholi soni bo‘yicha prognozlariga tayanib.
Hindiston aholisi soni 1 425 782 975 kishiga yetdi (Xitoyda 1 425 744 008 kishi).
Ekspertlar Hindistonning ulkan iqtisodiy salohiyatini e’tirof etishmoqda. Mamlakatda mehnatga layoqatli har 100 kishiga 47 nafar layoqatsiz to‘g‘ri keladi. 2048 yilga kelib Hindiston mehnatga layoqatsizlar soni eng kam bo‘lgan davlatlar ro‘yxatida 43-o‘rindan 23-o‘ringa ko‘tarilishi kutilmoqda.
Xitoyda esa mehnatga layoqatli har 100 kishiga 45 nafar layoqatsiz to‘g‘ri keladi. Mamlakat aholining mehnat qobiliyati bo‘yicha jahon reytingida 146-o‘rinni egallaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter