Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindiston Rossiya va Ukraina o‘rtasida vositachi bo‘lmoqchi emas

Hindiston Rossiya va Ukraina o‘rtasida vositachi bo‘lmoqchi emas

Yaqin orada Kiyevga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Rossiya-Ukraina mojarosida vositachi bo‘lmaydi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi

Biroq, u Rossiya va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiylar o‘rtasida xabarlar almashishga rozi bo‘lgan. 

Blommberg ma’lumotlariga ko‘ra, Narendra Modining vositachi sifatida harakat qilishni istamasligi Hindistonning Rossiya energiya resurslari va qurol-yarog‘larini arzon etkazib berishga qaramligi bilan izohlanadi.

Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, janob Modi bilan uchrashuv janob Zelenskiy uchun Hindistonning mojaroni hal qilishdagi rolini muhokama qilish uchun muhim. Agentlik qayd etishicha, Hindiston bosh vaziri xavfsizlik nuqtai nazaridan Kiyevda atigi bir necha soat bo‘lishni rejalashtirmoqda.

8 iyul kuni Narendra Modi Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazish uchun ikki kunlik tashrif bilan Moskvaga keldi va Ukrainada tinchlik o‘rnatilishiga yordam berishga tayyorligini bildirdi. Tashrifdan keyin Kreml Hindiston bosh vaziri «sa’y-harakatlarda vositachilik qilayotgandek ko‘rinmasligini» aytdi. Hindistonning Wion telekanali janob Modining Ukrainaga tashrifini «diplomatik missiya»ning davomi deb atadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring