Hindiston ahli qayg‘uda: munosib farzandidan judo bo‘ldi

Hindistonning sobiq prezidenti Pranab Mukerji bugun, ya’ni 31-avgust kuni 84 yoshida vafot etdi, deya ma’lum qildi Hindiston prezidenti Ram Natx Kovind.
Mukerji 2012 — 2017-yillarda Hindistonni boshqargan. Yaqinda miyadagi trombni olib tashlagandan so‘ng komada ekanligi, sun’iy nafas berish apparatiga ulangani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, unda ham koronavirus aniqlangan.
«Sobiq prezident Shri Pranab Mukerji endi oramizda yo‘qligini eshitish achinarli. Xalq eng munosib farzandlarining biridan judo bo‘lganidan qayg‘uda. Uning oilasi, do‘stlari va barcha fuqarolarga hamdardlik bildiraman», — deb yozgan Kovind «Twitter»da.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi ham o‘z ta’ziyasini izhor qildi.
«Hindiston Pranab Mukerjining vafoti munosabati bilan motam tutmoqda. U millatimiz taraqqiyotida o‘chmas iz qoldirdi. Ajoyib olim, atoqli davlat arbobi, uni jamiyatning barcha qatlamlari hurmat qilgan. Pranab Mukerji Hindiston prezidenti bo‘lganda oddiy fuqarolar uchun prezident saroyi eshiklari yanada kengroq ochib qo‘yildi. U prezident uyini ta’lim, innovatsiya, madaniyat, ilm va adabiyot markaziga aylantirdi. Uning siyosiy masalalarda bergan maslahatlarini hech qachon unutmayman», — deb yozgan bosh vazir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter