Hillari Klinton universitet rektori bo‘ldi
AQSh sobiq davlat kotibi Hillari Klinton Britaniyaning Kvins universiteti rektori bo‘ldi. U — universitet boshqaruviga kelgan ilk ayol kishi.
2020-yilning 1-yanvaridan boshlab Klinton xonim besh yil davomida ushbu lavozimda faoliyat olib boradi.
Uning o‘zi rektor bo‘lganini tvitterda quyidagicha izohladi.
It’s my great privilege to become @QUBelfast’s 11th—and first female—chancellor. It’s a place I have great fondness for and have grown a strong relationship with over the years, and I’m proud to be an ambassador for its excellence. https://t.co/ysrSeA0JOu
— Hillary Clinton (@HillaryClinton) 2 yanvarya 2020 g.
«O‘zim hurmat qilgan universitetga rektor bo‘lish — men uchun katta sharaf. Bu bilan faxrlanaman va universitet nufuzini oshirishga xizmat qilaman», — deya ta’kidladi Hillari Klinton.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter