«Hech narsa bo‘lmagandek yashash mumkin emas» — Gretsiya transport vaziri iste’foga chiqdi
Gretsiya transport vaziri Kostas Karamanlis mamlakatda yuz bergan temir yo‘l fojiasidan so‘ng iste’foga chiqqanini ma’lum qildi.
«Ulkan fojia yuz berganida, xuddi hech narsa bo‘lmagandek, yashashda davom etish mumkin emas. Siyosatda uzoq tajribam yo‘q, biroq mamlakatimiz fuqarolari siyosiy tizimga ishonishlarini demokratiyamizning muhim qismi deb hisoblayman. Bu siyosiy mas’uliyat», — Karamanlis o‘z iste’fosini shunday izohladi.
Gretsiyada yuk va yo‘lovchi poyezdlarining to‘qnashuvi oqibatida 26 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergandik. Hodisa oqibatida 100 ga yaqin inson jarohatlangan.
Xabarlarga ko‘ra, temir yo‘l stansiyasi boshlig‘i hibsga olingan, bir umrga qamalishi ham mumkin. Poyezdlar to‘qnashuvga qadar bir-biri tomon bir soatga yaqin harakatlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter