Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Haqiqiy mingoyoq» topildi

«Haqiqiy mingoyoq» topildi

Foto: «Ferra.ru»

Amerikalik biologlar ko‘poyoqlilarning yangi turini kashf etishdi — uning oyoqlari mingdan ziyod, deyiladi «Ferra» xabarida.

Olimlar bu jonivorning oyoqlarini sanab chiqishdi — naq 1306 ta. Fanga shu paytgacha noma’lum jonivorga Eumillipes persephone nomi berildi. Nomdagi birinchi so‘zni «haqiqiy mingoyoq» deb tarjima qilish mumkin.

Yangi mingoyoq Avstraliyaning Goldfilds-Esperans hududida, geologiya razvedka qudug‘ining 60 metr chuqurligida topilgan. Eumillipes persephone oqish tusda bo‘lib, ko‘zlari yo‘q. Qorong‘ulikda yo‘l topish uchun bir juft antenna (shoxcha)sidan foydalanadi. Zaharli alkaloidli bezlarga ega. Bu uni yirtqich chumolilar, hasharotlar va yer qazuvchi kemiruvchilardan himoya qiladi. Ko‘plab bo‘g‘inlari yordamida tanasini uzaytira oladi. Eumillipes persephone uzunligi 9,5 santimetrgachani tashkil etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring