Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hammani quchoqlab, «koronavirus yuqtirgan» amerikalik qidirilmoqda

Hammani quchoqlab, «koronavirus yuqtirgan» amerikalik qidirilmoqda

Foto: «New York Post»

Amerikaning Massachusets shtati Springfild shahar politsiyasi supermarketda xaridorlarni quchoqlab, shundan so‘ng ularga yangi koronavirus infeksiyasini yuqtirganini ma’lum qilgan erkak qidirilmoqda. Bu haqda «New York Post» xabar bergan.

Notanish kimsa niqob, qora futbolka va kamuflyaj shortida mahalliy «Walmart» supermarketiga kirib kelgan va begonalarni so‘rab ham o‘tirmasdan quchoqlay boshlagan. Shundan keyin ularga: «Shunchaki koronavirus bilan quchoqladim. Endi sizda ham COVID-19 bor», — deya hazillashgan va juftakni rostlagan.

Politsiya amerikalikni qidiruvga bergan. U odamlarga tajovuz qilishda, tahqirlashda va terrorchilik tahdidini yaratishda ayblanmoqda. Gumonlanuvchi shaxs yangi koronavirus infeksiyasi bilan kasallangani yoki bu shunchaki hazil ekanligi noma’lum. Mahalliy politsiya vakili Rayan Uolshning so‘zlariga ko‘ra, nima bo‘lganda ham, erkakning xatti-harakatini oqlab bo‘lmaydi, bu jinoyat hisoblanadi. Uning qilmishi do‘konning minalashtirilgani haqida yolg‘on xabar berish bilan baravar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring