Hamas sulh bitimi yaqin ekanini aytdi
Falastin guruhi Qatarga o‘z javobini yetkazganini aytdi. The Washington Post nashrining yozishicha, Isroil va Hamas AQSh vositachiligida vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish evaziga garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishgan.
Hamas Isroil bilan sulh bitimiga erishishga yaqin, deyiladi Hamasning bayonotida.
«Harakat Qatardagi birodarlar va vositachilarga javobni yetkazdi va biz sulh bitimi tuzishga yaqinmiz», — deyiladi xabarda.
The Washington Post ma’lumotlariga ko‘ra, kamida besh kunga harbiy harakatlar to‘xtatilishi haqida gap ketmoqda. Garovga olinganlar har 24 soatda kichik guruhlarga bo‘lingan holda ozod qilinadi. Gazetaning qayd etishicha, ozod qilinadiganlarning soni hozircha aniq emas. Hammasi bo‘lib Hamas 200 dan ortiq odamni ushlab turibdi. Dohada bir necha haftadan beri Isroil, AQSh va Hamas o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda.
Amerika prezidenti Jo Bayden Isroil va Hamas o‘rtasidagi kelishuv yakuniga yaqin ekanini aytdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter