HAMAS o‘z yetakchilaridan biridan ayrildi
Isroilning zarbasi natijasida HAMAS yetakchilaridan biri halok bo‘lgani xabar qilindi.
Oq uyning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan o‘tgan haftada Isroil harbiylari HAMAS guruhining yetakchilaridan biri Marvan Issani o‘ldirganini ma’lum qildi. Isroil avvalroq Issa G‘azo sektoridagi zarba nishoni bo‘lganini da’vo qilgan, biroq uning o‘limini tasdiqlamagandi.
«Hamas tashkilotidagi uchinchi odam Marvan Issa o‘tgan hafta Isroil hujumi vaqtida halok bo‘lgan. Qolgan yetakchi rahbarlar, ehtimol, Hamas tunnellari tarmog‘ida yashiringandirlar, ammo ularga ham navbat keladi», — degan Sallivan brifing chog‘ida.
Hamas rasmiylari Issaning o‘limi haqidagi xabarlarga izoh bermadi.
11 mart kuni Isroil harbiylari G‘azo markazidagi Nusayrat qochqinlar lageri yaqinidagi yer osti majmuasiga havo hujumi uyushtirgani, Issa nishonga olinganini ma’lum qilgandi.
Issa Hamasning harbiylashtirilgan qanoti — Al-Qassam brigadalarini boshqaradigan Muhammad Deifning o‘rinbosari edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter