Gumanitar yordam kutayotgan 20 nafar falastinlik halok bo‘ldi
Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi G‘azoda gumanitar yordam kutayotgan olomon to‘plangan joyga uyushtirilgan hujum natijasida 20 kishi halok bo‘lgani va 155 kishi jarohatlanganini ma’lum qildi.
Al-Jazira telekanali xabariga ko‘ra, hujum Isroil vertolyoti tomonidan amalga oshirilgan. Yaradorlar Al-Shifa kasalxonasiga yotqizilgan.
Jabrlanganlar soni ko‘pligi va jarohatlarining jiddiyligi tufayli shifokorlar tibbiy yordam ko‘rsatishga qiynalishmoqda.
Yaqinda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ham musulmonlarning muqaddas Ramazon oyi boshlanganiga qaramay, G‘azo sektorida qirg‘in davom etayotganini tanqid qilgan va tomonlarni otashkesimga chaqirgan edi.
Xalqaro tashkilotlar gumanitar halokat yoqasidagi G‘azo sektoriga quruqlik orqali muntazam ko‘mak yetkazish lozimligini talab qilmoqda.
So‘nggi vaqtlarda G‘azoda ochlik darajasi 12 baravarga ortgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter